Ўзбекистон Республикаси



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə17/17
tarix17.01.2018
ölçüsü1,51 Mb.
#20983
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17

Адаптив тип - Яшаш шароитига биологик реаксия нормаси бўлиб, инсоннинг ўша шароитга яхши мослашишини таъминловчи морфофунксионал, биокимёвий, иммунологик белгилар комплексининг ривожланиши






Aрктик адаптив тип



Тропик адаптив тип

Тоғ адаптив тип



саҳро, чўл адаптив типи







































40-dars. Darsning mavzusi: Insonning biosferaga ta’siri.

Biosferani himoya qilish muammolari
Darsning talimiy maqsadi: О‘quvchilarni insonning biosferaga ta’siri, biosferani himoya qilish muammolari bilan tanishtirish.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: О‘quvchilarni insonning biosferaga ta’siri, biosferani himoya qilish muammolari bilan tanishtirish orqali о‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, tabiatga nisbatan ongli munosabatni tarkib toptirish, kasbga yо‘naltirish.

Darsni rivojlantiruvchi maqsadi: О‘quvchilarning biosfera, insonning biosferaga kо‘rsatgan ta’siri, tabiatni muhofaza qilish tadbirlari haqidagi bilimlari, darslik ustida mustaqil ishlash, ijodiy va mantiqiy fikr yuritish kо‘nikmalarini rivojlantirish.

Darsni jihozlash: Sun’iy biotsenozlar, О‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”, tuproq, suv, atmosfera ifloslanishi aks etgan jadvallar.

Darsda foydalaniladigan texnologiya: Didaktik о‘yin texnologiyasi. (konferensiya).

Asosiy tushunchalar va tayanch bilimlar: Insonning biosferaga kо‘rsatgan ijobiy va salbiy ta’siri. “Parnik effekti”, “Ozon teshiklari”, Bios­ferani himoya qilish muammolari, qо‘riqxonalar, zakazniklar, milliy bog‘lar va yodgorliklar, Sun’iy biotsenozlar, О‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”.

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism. О‘quvchilarni dars mavzusi, maqsadi va borishi bilan tanishtirish.

II. О‘tgan mavzu yuzasidan о‘quvchilarning bilimlarini baholash. (1- ilova)

О‘qituvchi ushbu darsni о‘tishdan bir hafta oldin о‘quvchilarni 4ta guruhga ajratadi va ularni biologiya, ekologiya fanlari sohasida faoliyat kо‘rsatayotgan “olimlar” maqomini beradi.

III. Yangi mavzuni о‘rganish: О‘quvchilarning guruhi о‘qituvchining tavsiyasiga binoan о‘z mutaxassisliklariga tegishli bо‘lgan quyidagi mavzulardan biri bо‘yicha ma’ruza tayyorlaydi.

1. Insonning biosferaga ijobiy ta’siri.

2. Insonning biosferaga kо‘rsatgan ta’sirining salbiy oqibatlari.

3. Atmosferadagi о‘zgarishlarning tirik organizmlarga kо‘rsatgan ta’siri.

4. Gidrosferadagi о‘zgarishlarning tirik organizmlarga kо‘rsatgan ta’siri.

5. Xalq xо‘jaligining turli sohalarida ekologik toza texnologiyalar, chiqindilarni zararsizlantirish va о‘zlashtirish bо‘yicha ilmiy-texnik ishlangmalarni hayotga tadbiq etilishi.

Har bir yо‘nalish bо‘yicha “olimlar” maqomini olgan о‘quvchilar о‘zlariga tegishli mavzu bо‘yicha kо‘rgazmali qurollar asosida qо‘shimcha materiallardan foydalangan holda ma’ruza qiladilar. Ma’ruzalar tugagach, о‘quvchilar о‘rtasida о‘quv bahsi va munozara о‘tkaziladi.

IV. Yangi mavzu bо‘yicha о‘quvchilarning bilimini nazorat qilish va baholash. (2 –ilova)

V. Darsni umumiy yakunlash. Uyga vazifa berish.

Insonning biosferaga tasiri. Biosferani himoya qilish muammolari” mavzusidagi didaktik оyin texnologiyasidan foydalanilgan konferensiya darsning texnologik xaritasi







TEXNOLOGIK BOSQICHLAR

О‘QITUVCHINING FAOLIYATI

О‘QUV CHINING FAOLIYATI

I bosqich

Tashkiliy qism

5-minut


О‘quvchilarni dars mavzusi, maq­sadi, borishi bilan tanishtiradi

Dars mavzusi, maqsadi, borishi va unda bajarila­digan topshiriqlarni anglaydi.




II bosqich

О‘quvchilarning bi­lish faoliyatini tashkil etish. 5-minut.

Bajariladigan о‘quv topshiriqlari va ularning didaktik maqsadi bilan tanishtiradi.



Bajariladigan о‘quv top­shi­­riqlari yuzasidan kо‘r­sat­ma va didaktik maq­sad­ni anglaydi. О‘z о‘quv faoliyatini tashkil etadi.






III bosqich

Yangi mavzuni о‘rganish.

50-minut



О‘quvchilardan “olimlar” guruhlarini va ularning mustaqil ishini tashkil etadi.

О‘quv materialini topshi-riqlar yordamida mustaqil о‘zlashtirilishini ta’minlaydi.


Har bir guruhning о‘quv materiali yuzasidan tayyorlagan ma’ruzalarini tinglaydi.

Har bir ma’ruza yakunida о‘quvchilar bilan savol-javob, о‘quv bahsi о‘tkazadi.


“Olimlar” guruhiga berilgan topshiriqlarni bajaradi.

1-guruh. Insonning bios­feraga ijobiy ta’siri.

2-guruh. Insonning bios­feraga kо‘rsatgan ta’siri-ning salbiy oqibatlari.

3-guruh. Atmosferadagi о‘zgarishlarning tirik organizmlarga kо‘rsatgan ta’siri.

4-guruh. Gidrosferadagi о‘zga­rishlarning tirik organizm­larga kо‘rsatgan ta’siri.

Har bir guruh о‘quv materiali yuzasidan ma’ruzalar tayyorlaydi.

О‘quvchilar bilan о‘tkaziladigan savol-javob, bahsda faol ishtirok etadi.





IV bosqich. О‘quvchilar bilimi­ni nazo­rat qilish va baholash. 10 minut.

О‘rganilgan mavzu yuzasidan test topshiriqlari, savol­lar va didaktik jadvallar beradi.

Test topshiriqlari, savollar va didaktik jadvallarni bajaradi.




V bosqich.

Erishilgan natijani tahlil qilish va yakun yasash.

10-minut


О‘quvchilar faoliyatini tahlil qiladi, о‘quvchilarga mustaqil va ijodiy ish topshiriqlarini beradi.

О‘z о‘quv faoliyati va erishgan natijasini tah­lil qiladi va baholaydi. Mustaqil va ijo­diy ish topshiriqlarini oladi.




1 – ilova.

1 – topshiriq. Test savollariga javob bering.

1. Noosfera tushunchasi kim tomonidan va qachon fanga kiritilgan?

A. E. Lerua, 1927 y. B. Vernadskiv, 1930 y.

D. J E. Zyuss, 1910 y. E. A. Oparin, 1924 y.

2. Biosfera evolyusiyasining birinchi davri nima deyiladi?

A. Biogenez. B. Noogenez D. Biokimyoviy sikl. E. Geologik sikl.

3. Biogen migratsiyada qatnashuvchi organizmlarni qanday guruhlarga ajratish mumkin.

1. Produsent; 2. Konsument; 3. Redusent; 4. PIankton: 5. Fitoplankton;

6. Bentos; 7. Zooplankton.

A. 1,2,3. B. 2,3,4. D. 3,4.5. E. 4,5,6.

4. Quyosh energiyasining necha foizi atmosfera va tuproqqa yutiladi va uning necha foizini yer yuzidan qaytarib turadi?

A. 42; 10. B. 60;30. D. 58: 20. E. 20; 10.

5. Biosfera ta’limotiga qaysi olim asos solgan?

A. V. N. Sukachev. B. A. O. Kovalevskiy.

D. J. B. Lamark. E. V. I. Vernadskiy.

6. Biosferanmg yuqori chegarasi dengiz sathidan necha km balandlikda?

A. 15 B. 25 D. 5 E. 10

7. Biosfera evoiyusiyasining birinchi bosqichi 3 milliard yillar oldin boshlangan bо‘lib, ... davom etdi.

A. Paleozoy, ordovik davrigacha. B. Paleozoy, kembriy davrigacha.

D. Paleozoy, devon davrigacha. E. Mezozoy, bо‘r davrigacha.

8. Biosfera evolyusiyasining 3-bosqichi nima deb ataladi?

A. Biogenez. B. Noogenez D. Biokimyoviy sikl. E. Geologik sikl.

9. Biosferada jonsiz moddalar tirik moddalar orqali qancha yil davomida otadi?

1) kislorod; 2) karbonat angidrid; 3) suv.

a) 2 mln. yil; b) 2 ming yil; d) 200- 300 yil.

A. 1 – b; 2 – d; 3 – a. B. 1 – a; 2 – d; 3 – b.

D. 1 – b; 2 – a; 3 – d. E. 1 – a; 2 – b; 3 – d.

10. Biosfera evolyusiyasining 1 – bosqichi nima deb ataladi?

A. Biogenez. B. Noogenez D. Biokimyoviy sikl. E. Geologik sikl.

Test javoblari:

1. A. 2. A. 3. A. 4. A. 5. E. 6. B. 7. B . 8. B. 9. A. 10. A.

2 – ilova.



1 – topshiriq. Test savollariga javob bering.
1. Insonning biosferaga ta’sirining boshlanishi qaysi davrga tо‘g‘ri keladi?

A. Neolit. B. Bronza. D. Toshkо‘mir. E. Paleolit.

2. Atmosferada «parnik effektiga» sabab bо‘layotgan jarayonni aniqlang.

A. Havoda suv bug‘ining kо‘payishi. B. Havoda radiatsiyaning ortishi.

D. Havoda karbonat angidridning kо‘payishi.

E. Atmosferada kislorodning kamayishi.

3. ... Yer yuzasi haroratining kо‘tarilishiga sabab bо‘lmoqda.

A. Havoda suv bug‘ining kо‘payishi.

B. Havoda radiatsiyaning ortishi.

D. Havoda karbonat angidridning kо‘payishi.

E. Atmosferada kislorodning kamayishi.

4. Atmosferada ozon qatlami bolib, uning maksimal konsentratsiyasi Yer yuzasidan ... balandlikdadir.

A. 10 km. B. 15—25 km. D. 20 – 30 km. E. 1- 15 km.

5. Atmosferaga ... va ... о‘tishi natijasida bir necha yillar davomida ozon qatlami yupqalashib bormoqda.

A. Azot II oksid va freon. B. Azot IV oksidi va vodorod sulfid.

D. Karbona angidrid va suv bug‘i. E. Is gazi va azot II – oksidi.

6. Atmosferada kislotali yomg‘irlarning kо‘payishiga nima sabab bо‘lmoqda?

A. H2S ning ortib borishi.

B. Havoda suv bug‘ining kо‘payishi.

D. Havoda radiatsiyaning ortishi.

E. Havoda karbonat angidridning kо‘payishi.

7. Mineral о‘g‘itlarning, chorvachilik chiqindilari va kanalizatsiyaning suv havzalariga qо‘shilishi nimalarga sabab bо‘lmoqda?

A. Azot va fosforning ortib ketishiga.

B. Suvо‘tlarining kо‘payib ketishiga.

D. Kislorod zaxirasi kamayishi natijasida suvdagi hayvonlar, ayniqsa, baliqlar qirilib ketishiga.

E. Barcha javoblar bir – birini tо‘ldiradi.

8. Biosferani saqlashda tabiiy boylikiardan tejab foydalanadigan sanoat va qishloq xо‘jalik texnologiyasiga о‘tish katta ahamiyatga ega. Buning uchun nimalar qilish zarur?

A. Qazib olinadigan tabiat boyliklaridan tо‘liq foy­dalanish.

B. Ishlab chiqarish chiqindilaridan qayta foydalanish, chiqindisiz texnologiyani yoiga qо‘yish.

D. Energiya olishning ekologik toza manbalaridan — quyosh, shamol energiyasidan, okeanlar kinetik energiyasidan, Yerosti issiq suvlari energiyasidan foydalanishni yо‘lga qо‘yish.

E. Barcha javoblar bir – birini tо‘ldiradi.

9. Markaziy Osiyo hududidagi biosfera qо‘riqxonalarini belgilang.

A. Boday – tо‘qay, Zarafshon.

B. Kitob, Sari – chelak.

D. Zomin, Qizilqum.

E. Qoraqum, Sari – chelak.

10. Tabiiy obyektlarni о‘z holatida saqlash maqsadida ... yaratiladi.

A. Zakaznik. B. Milliy bog‘. D. Qо‘riqxona. E. Rezervat.


Test javoblari:



1. A. 2. D. 3. D. 4. B. 5. A. 6. A. 7. E. 8. E. 9. E. 10. D.

1 – topshiriq. Berilgan atamalarni ularning ta’riflari bilan juftlang.

1

Azot fiksatsiyalash

A

Organizmlar о‘limidan sо‘ng mikroorganizmlar ta’sirida oqsillar parchalanishi va ammiak hosil bо‘lish jarayoni.

2

Ammonifikatsiya

B

Biosferaning tarkibidagi tirik moddalar faoliyati natijasida hosil bо‘lgan moddalar.

3

Ayeroplankton

D

Insonning xо‘jalik faoliyati tо‘liq taqiqlangan ekosistemalar.

4

Biogenez




Biosferaning yuqori chegarasida tarqalgan bak-teriyalar, mikroorganizmlar va sporalar.

5

Biogen moddalar

F

Yerning tirik organizmlar tarqalgan qobig‘i.

6

Biogeokimyoviy sikl

H

Atmosfera tarkibidagi elementar azotning har xil mikroorganizmlar tomonidan azotli birikmalarga aylantirilishi jarayoni

7

Biosfera




Biosfera evolusiyasining inson ishtirokisiz, biologik, qonuniyatlar asosida kechadigan davri.

8

Biogen migratsiya

J

Kimyoviy elementlarning tabiatda bir marta tо‘liq davriy aylanish vaqti.

9

Mikroplankton

I

Moddalarning tirik organizmda tо‘planishi va keyingi parchalanishlarining davriy takrorlanishi jarayoni.

10

Milliy bog‘lar

K

Biosfera ilmiy-texnikaviy progress sharoitida ekologik tanglik kelib chiqishining oldini olish choralarini ishlab chiquvchi bilan shug‘ullanadigan fan.

11

Noogenez

L

Biosferadagi tirik moddalar yig‘indisi.

12

Noogenika

M

Okean va dengiz suvlarining yuqori qismida tar-qalgan organizmlar (bir hujayrali suv о‘tlari, mikroorganizmlar).

13

Noosfera

N

Biosfera evolusiyasining insoniyat jamiyatining kelib chiqishi va rivojlanishiga bog‘liq bо‘lgan davri.

14

Tabiat yodgorliklari




Ekologik va tarixiy ahamiyatga ega bо‘lgan, sanoat va qishloq xо‘jalik maqsadlarida foydalanish taqiqlangan, insonlarning dam olishi uchun foydalanish mumkin bо‘lgan tabiat hududlari.

15

Tirik moddalar

P

Insonning ongli mehnati va ilmiy faoliyati ta’sirida rivojlanadigan va о‘zgaradigan biosfera.

16

Tur genofondi

Q

Ilmiy, tarixiy, madaniy, estetik ahamiyatga ega bо‘lgan nodir tabiiy obektlar.

17

Qо‘riqxona etalon

R

Ma’lum turga kiruvchi barcha organizmlardagi genlar va genotiplar majmuasi.

Biologiyani о‘qitishda kasbiy yо‘naltirish asnosida quyidagi xulosaga kelindi:



  1. Biologiyani о‘qitishda kasbiy yо‘naltirilganlikni amalga oshirish о‘quvchilarning kelgusida egallaydigan kasblari bо‘yicha tayyorgarlik samaradorligini, о‘quvchilar tomonidan DTS bilan meyorlangan bilim, kо‘nikma va malakalarni ongli о‘zlashtirish, nazariy masalalarni amaliyotga qо‘llash, ularning mustaqil va ijodiy fikr yuritish kо‘nikmalarini rivojlantirish imkonini beradi.

  2. Biologiyani о‘qitishda lokal va xususiy metodik darajadagi pedagogik texnologiyalarning qо‘llanishi о‘quvchilarning о‘z о‘quv faoliyatini tashkil etish va tahlil etish, yо‘l qо‘yayotgan kamchiliklarini bilish va uni tо‘g‘rilashga zamin tayyorlaydi.

  3. Biologiyani о‘qitishda kasbiy yо‘naltirilganlikni amalga oshirish barobarida umumkasbiy fan о‘qituvchilari tomonidan о‘quvchilarning umumta’lim fanlaridan о‘zlashtirgan bilim, kо‘nikma va malakalaridan maqsadga muvofiq foydalanishi, ya’ni fanlar integratsiyasini gorizontal va vertikal yо‘nalishlarda amalga oshirishi ta’lim samaradorligini orttirishga xizmat qiladi.



Foydalanish uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar



  1. G‘ofurov A.T va boshqalar. Biologiyani о‘qitishning umumiy metodikasi. (О‘quv-metodik qо‘llanma). TDPU., T.: - 2005

  2. Tolipova J.O, A.T.G‘ofurov. Biologiya о‘qitish metodikasi. (Akademik litsey va kasb-xunar kolleji biologiya о‘qituvchilari uchun metodik qо‘llanma) Toshkent.: Bilim.- 2004 yil.

  3. Tolipova J.O. Biologiya ta’limi texnologiyalari T., «О‘qituvchi», 2002 yil – 160 bet.

  4. Tolipova J.O. Biologiyani о‘qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish T., «CHо‘lpon», 2011 yil – 160 bet.

  5. Mavlonov O.M. Zoologiyani о‘qitish metodikasi va texnologiyalari. (7-sinf) T., “Ensiklopediya” nashriyoti.

  6. Azimov I va boshqalar. Biologiya (9-sinf) metodik qо‘llanma T., 2002 yil Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti.

Internet saytlari




  1. www. tdpu. uz

  2. www. pedagog. uz

  3. www. Ziyonet. uz

  4. tdpu-INTRANET. Ped





Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə