Ўзбекистон Республикаси


– ilova. 1 – topshiriq



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə12/17
tarix17.01.2018
ölçüsü1,51 Mb.
#20983
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17

2 – ilova.

1 – topshiriq. Jadvalni tо‘ldiring.



Munosabat turlari

Organizmlar-ning о‘zaro munosabatlari shakllari ta’rifi

Organizmlarning о‘zaro munosabatlariga misollar

Neytralizm







Simbioz

Mutualizm-




Kommensalizm-




Sinoykiya-




Antibioz

О‘zaro raqobat-




Yirtqichlik-




Parazitizm-





2 – topshiriq. Rasmlar ostiga organizmlar о‘rtasidagi munosabatlarni tо‘g‘ri joylashtiring.

(Mutualizm, sinoykiya, оzaro raqobat, yirtqichlik, parazitizm, neytralizm)










1. Bugu va olmaxon munosabati - ...

2. Beda va zarpechak munosabati - ...

3. Sirtlon va tasqara munosabati - ...







4. It yungiga о‘simlik urug‘larini tashishi - ...

5. Silovsin va quyon munosabati - ...

6. Paxmoq ari va sebarga munosabati - ...

Topshiriq javobi: 1 – neytralizm; 2 – parazitizm; 3 - оzaro raqobat; 4 – sinoykiya;



5 – yirtqichlik; 6 – mutualism.
3 – topshiriq. Organizmlar о‘rtasidagi munosabatlarni klasterda ifodalang.

1. Lishayniklar tanasida suvо‘tlar bilan zamburug‘lar birgalikda yashaydi.

2. Hayvonlar о‘simlik urug‘larini tarqatadi.

3. Madaniy о‘simliklarda zarpechak о‘sadi.

4. Shira bitlari va chumoli munosabatlari.

5. Chuchuk suvda yashaydigan baliqlardan biri о‘zining tuxumlarini ikki pallali yumshoq tanli- tishsizning mantiya bо‘shlig‘iga qо‘yadi.

6. Daraxt pо‘stlog‘ida lishayniklar о‘sadi.

7. Dukkali о‘simliklar bilan azotfiksatsiyalovchi bakteriyalar munosabati.

8. Tropik о‘rmonlarda daraxtlar tanasida epifit о‘simliklar о‘sadi.

9. Arixо‘r qush arilar bilan oziqlanadi. 10. Mayda baliqlar yirik baliqlarga yopishib yashab, ulardan harakatlanishda foydalanadi, uning chiqindilari bilan ovqatlanadi.

11. Chumolilar ichagida bir hujayrali xivchinlilar yashaydi.

12. Yirtqich hayvonlardan qolgan oziq bilan ba’zi qushlar ham oziqlanadi.

13. Daraxtlar bilan tuproqda mikoriza zamburug‘larining о‘zaro munosabatlari.

14. Burgut toshbaqalarni ovlaydi.

15. G‘oza о‘simligida vertitsillium zamburug‘i yashaydi.

16. Qoramollar о‘t yо‘lida jigar qurti yashaydi.

17. Infuzoriyalarning ikki turini bir xil sharoit va bir xil muhitda о‘stirilsa, biroz vaqtdan keyin ulardan faqat biri qoladi.

18. Sirtlon va tasqara о‘lja talashadi.

19. G‘oza, bug‘doy va boshqa о‘simlik urug‘lari zich ekilganda, ular yorug‘lik, namlik, ozuqa uchun kurashadi.

20. Odam og‘iz bо‘shlig‘ida amyobalarning bir turi- og‘iz amyobasi yashaydi.

21. Bо‘ri va quyon munosabati.

22. Odam ichagida askarida yashaydi.

23. Akulalar mayda aliqlarbilan oziqlanadi.

24. Bir turga kiruvchi qushlar orasida urchish paytida uya qurish uchun joy tanlash bо‘yicha kurash rо‘y beradi.


32-dars. Darsning mavzusi: Tur va populyatsiyaning ekologik ta’rifi. Turlarni muhofaza qilish.
Darsning talimiy maqsadi: О‘quvchilarni tur va populyatsiyaga ta’sir koо‘rsatadigan ekologik omillar yigindisi bilan, turlarni muhofaza qilish tadbirlari, yqolib ketgan turlar, О‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitob” va unga kiritilgan turlar bilan tanishtirish.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: Tur va populyatsiya tushunchalari, ularga ta’sir kо‘rsatadigan ekologik omillar bilan tanishtirish orqali о‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, ekologik tafakkurni tarkib toptirish. Tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi (TMQXI) tadbirlari, О‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan organizmlar bilan tanishti-rish orqali tabiatga nisbatan ongli munosabatni tarkib toptirish, kasbga yllash.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: О‘quvchilarni tur, populyatsiya haqidagi tushunchalari, tabiatni muhofaza qilish haqidagi tushunchalari, mantiqiy fikr yuritish kо‘nikmalarini rivojlantirish. darslik ustida mustaqil ishlash kо‘nikmalarini rivojlantirish.

Darsni jihozlash: Har xil ekologik sharoitda yashaydigan hayvonlar va о‘simliklar, biogeotsenoz sxemasi jadvali. О‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan о‘simlik va hayvon turlari aks etgan jadvallar.

Darsda foydalaniladigan texnologiya: Hamkorlikda о‘qitish texnologiyasi (kichik guruhlarda о‘qitish)

Asosiy tushunchalar va tayanch bilimlar: Tur va populyatsiyaga ta’sir kо‘rsatadigan ekologik mezonlar, tirik organizmlarning yashash muhitiga moslashish belgilari, turning yaxlitligi, populyatsiyaning statistik belgilari, о‘simlik va hayvonot olamiga insoniyatning kо‘rsatgan ta’siri, tabiatni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi tomonidan amalga oshirilgan tadbirlar, О‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan о‘simlik va hayvon turlari, turlarni saqlab qolish tadbirlari, gen va genomlar bankini tuzish.

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism. О‘quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtirish.

II.О‘tgan mavzu yuzasidan о‘quvchilarning о‘zlashtirgan bilimlarini nazorat qilish va baholash.(1 – ilova)

III. О‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish.

IV.Yangi mavzuni о‘rganish:

Reja:


  1. Tur va populyatsiyaga ta’sir kо‘rsatadigan ekologik mezon.

  2. Tirik organizmlarning yashash muhitiga moslashish belgilari.

  3. Turning yaxlitligi.

  4. Populyatsiyaning statistik belgilari.

  5. О‘simlik va hayvonot dunyosiga insoniyatning kо‘rsatgan ta’siri.

  6. Tabiatni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi tomonidan amalga oshirilgan tadbirlar.

  7. О‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan о‘simlik turlari.

  8. О‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan hayvon turlari.

  9. Turlarni saqlab qolish tadbirlari. Genomlar bankini tuzish.

О‘qituvchi yangi mavzuni reja asosida kо‘rgazmali vositalar yordamida bayon etganidan sо‘ng о‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etadi.

V. О‘quvchilarni kichik guruhlarga ajratish hamda о‘quv topshiriqlarini mustaqil ravishda sifatli bajarilishiga erishish.

V. Yangi mavzu yuzasidan о‘quvchilar bilimini nazorat qilish va baholash. (2 – ilova)

VI. Yangi mavzuni qayta ishlash va yakunlash.

VII. Uyga vazifa berish. Mustaqil ravishda 33-§ matnini о‘qing. Darslikning 236 – betidagi savollarga javob bering. Test topshiriqlaridan tо‘g‘ri javobni aniqlang.


О‘quvchilarning kichik guruhlari uchun о‘quv topshiriqlari




О‘quvchilar о‘zlashtirishi lozim bо‘lgan materiallar yuzasidan о‘quv topshiriqlari

Topshiriq yuza­sidan kо‘rsatma

1.

2.



3.

4.

5.



6.
7.

8.
9.


10.
11.

12.
13.


14.

15.


16.

17.


18.

19.


Darslikdagi matnni diqqat bilan о‘qing, quyidagi savollarga javob toping va topshiriqlarni bajaring:

Ekologik mezonga ta’rif bering.

Tirik organizmlarning moslashish belgilarini aniqlang.

Turning yaxlitligini saqlovchi mexanizmlarni aniqlang.

Populyatsiyaga ta’rif bering.

Populyatsiya individlarining statistik belgilarini о‘rganing.

Sichqonlar populyatsiyasida ovqatning cheklovchi omil ekanligini isbotlovchi tajribani о‘rganing.

Tabiiy populyatsiyalarga ta’sir kо‘rsatadigan omillarni aniqlang.

О‘simlik va hayvonot olamiga insoniyatning kо‘rsatgan ta’sirini о‘rganing.

Tabiatni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi tomonidan amalga oshirilgan tadbirlarni aniqlang.

О‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan о‘simlik va hayvon turlarini о‘rganing.

Turlarni saqlab qolish tadbirlari. Genomlar bankini tuzish.

О‘zbekistonda maxsus muhofazaga olingan xududlar. “Jayron” ekomarkazi.

Ugam-Chotqol milliy bog‘i.

Davlat qо‘riqxonalari.

Davlat buyurtmaxonalari.

Quyidagi jadvallarni tо‘ldiring.


Fikringizni asoslan

О‘quvchilar bilan о‘tkaziladi gan savol javobda faol ishtirok eting.



1 – jadval



TMXIning kо‘rsatmasiga binoan “Qizil kitob”ga kiritiladigan turlarning kategoriyalari

I – kategoriya




II – kategoriya




III – kategoriya




IV – kategoriya




V – kategoriya



2 – jadval.



Qizil kitob

Nashr

tilgan yili

Qizil kitobga kiritilgan organizmlar soni

О‘simliklar

Sut emizuvchilar

Qushlar

Sudralib

yuruvchilar

Baliqlar

Xalqaro

Qizil kitob”





















О‘zbekiston “Qizil kitob”i (hayvonot dunyosi) 1 nashr



















О‘zbekiston “Qizil kitob”i (hayvonot dunyosi) II-nashr



















О‘zbekiston “Qizil kitob”i (о‘simlik dunyosi) I-nashr



















О‘zbekiston “Qizil kitob”i (о‘simlik dunyosi) II-nashr



















Tur va populyatsiyaning ekologik ta’rifi” mavzusidagi hamkorlikda о‘qitish texnologiyasining kichik guruhlarda о‘qitish metodidan foydalanilgan darsning texnologik xaritasi


TEXNOLOGIK BOSQICHLAR

О‘QITUVCHINING FAOLIYATI

О‘QUV CHINING FAOLIYATI

I bosqich

Tashkiliy qism

3-minut


О‘quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtiradi.

Dars mavzusi, maqsadi, borishi va unda bajariladigan topshiriqlarni

anglaydi.



II bosqich

О‘tgan mavzu yuzasidan о‘quvchilarning bilimlarini nazorat qilish va baholash

10-minut


О‘tgan mavzu yuzasidan tuzilgan 1-ilovadagi test topshiriqlari yordamida о‘quvchilarning bilimlarini nazorat qiladi va baholaydi.


О‘tgan mavzu yuzasidan tuzilgan 1-ilovadagi test topshiriqlarini bajaradi.


III bosqichО‘quvchilarni yangi mavzu, reja bilan tanishtirish. 2 –minut.

О‘quvchilarni yangi mavzu, reja bilan tanishtiradi.


Yangi mavzu rejasidan о‘rin olgan masalalarning mohiyatini tushunib yetadi.

IV bosqich.

Yangi mavzuni о‘rganish.

25-minut.



Yangi mavzuni reja asosida bayon etadi.

О‘quv dasturining didaktik maqsadi, bajariladigan о‘quv topshiriqlari yuzasidan kо‘rsatmalarni anglaydi.

V bosqich.

О‘quvchilarni kichik

guruhlarga ajratish hamda о‘quv topshiriqlarini mustaqil ravishda sifatli bajarilishiga erishish. 25-minut.


О‘quv topshiriqlarining didaktik maqsadi, bajariladigan о‘quv topshiriqlari bilan tanishtiradi. О‘quvchilarning kichik guruhlarda mustaqil ishini tashkil etadi. О‘quv topshiriqlarini mustaqil bajarilishini ta’minlaydi.

Kichik guruhlar о‘rtasida savol-javob, о‘quv bahsi, munozara о‘tkazadi. Tegishli hollarda yordam uyushtiradi.



О‘quvchilar bilan hamkorlikda о‘quv faoliyatini tashkil etadi.

О‘quv topshiriqlarni mustaqil о‘zlashtiradi.


Kichik guruhlar о‘rtasida о‘tkaziladi gan savol-javob, о‘quv bahsi, munozarada faol ishtirok etadi.

VI bosqich.

О‘quvchilar bilimini nazorat qilish va baholash. 10-minut.



О‘rganilgan mavzu yuzasidan 2-ilovadagi va darslikdagi topshiriqlar, savollar va didaktik jadvallar beradi.

2-ilovadagi va darslikda berilgan topshiriqlar, savollar va didaktik jadvallarni bajaradi.

VII bosqich.

Erishilgan natijani tahlil qilish va yakun yasash. Uyga vazifa berish. 5-minut.



О‘quvchilar faoliyatini va natijani tahlil qiladi. Darsda faol ishtirok etgan о‘quvchilar rag‘batlantiriladi. О‘quvchilarga uyda mustaqil bajarish uchun topshiriqlar beradi.

О‘z о‘quv faoliyati va erishgan natijasini tahlil qiladi va baholaydi. Mustaqil va ijo­diy ish topshiriq­larini oladi.



1 – ilova.

1 – topshiriq. Biologik diktant.

1. Biotik munosabatlarning qaysi kо‘rinishida birga yashaydigan organizmlar bir-biriga hech qanday ta’sir kо‘rsatmaydi? _______________________________________________________

2. Biotik munosabatlarning qaysi kо‘rinishida birga yashaydigan ikki organizmlarning bittasi yoki ikkalasi ham salbiy ta’sir ostida bо‘lishadi? __________________________________________

3. Biotik munosabatlarning qaysi kо‘rinishida bunda ikki organizmlarning har ikkalasi yoki bittasi birga yashashdan о‘ziga foyda oladi? _________________________________________________

4. Biotik munosabatlarning qaysi kо‘rinishida bir organizm ikkinchi organizmdan yashash muhiti va ovqat manbayi sifatida foydalanadi? _______________________________________________

5. О‘simliklar zamburug‘lar yoki bakteriyalar bilan zararlanganda ularga qarshi ishlab chiquvchi antibiotik. ______________________________________________________________________

6. Biotik munosabatlarning bu kо‘rinishida bunda bir organizm о‘z о‘ljasiga hujum qilib, undan ovqat manbayi sifatida foydalanadi, bu munosabat kо‘pincha о‘ljaning о‘limi bilan tugaydi. _______________________________________________________________________________

7. Simbioz munosabatlarning turlari. _________________________________________________

8. О‘zaro biologik bog‘lanishning bir shakli bо‘lib, bunda birga yashash har ikkala organizmga ham foyda keltiradi. ______________________________________________________________

9. О‘zaro munosabatdan bir organizm ikkinchisidan uy – joy sifatida foydalanadi, ikkinchisi bunday munosabatdan hech qanday naf kо‘rmaydi. _____________________________________

10. Bunday о‘zaro munosabatda bir organizm ikkinchisidan asosan ovqat manbayi sifatida foydalanadi, lekin hech qanday zarar yetkazaymaydi. ____________________________________

Biologik diktant javoblari: 1. Neytralizm. 2. Antibioz. 3. Simbioz. 4. Parazitizim. 5. Fitoaleksin. 6. Yirtqichlik. 7. Mutualizm, hamsoyalik, kommensalizm. 8. Mutualizm. 9. Hamsoyalik. 10. Kommensalizm.
2 – topshiriq. Atamalarni ularning ta’rifi bilan juftlang.

1

Ekologik mezon

A

Ma’lum maydon yoki hajm birligida individlar soni yoki biomassasi.

2

Panmiksiya

B

Populyatsiyaning ayrim joylarda haddan tashqari kо‘payib ketishiga yо‘l qо‘ymaydigan cheklovchi omillardan biri.

3

Populyatsiya-ning statistik belgilari

D

Ma’lum joyni egallagan, bir-birlari bilan irsiy axborotni almashish xususiyatiga ega bо‘lgan, bir turga kiruvchi organizmlar guruhi.

4

Populyatsiya-sining zichligi




Individlarining zichligi, tug‘iluvchanligi, о‘limi, yoshi va jinsiy tarkibi, egallagan joyi

5

Konnibalizm

F

Yashash muhitida turga ta’sir kо‘rsatuvchi hamma ekologik omillar yig‘indisi

6

Hududiylik

H

Kam sonli populyatsiyalarga juda kuchli ta’sir kо‘rsatuvchi yong‘in, suv toshqini, ob-havoning keskin о‘zgarishi, dovullar, zilzilalar kabi hodisalar.

7

Populyatsiya




Turning yaxlitligini ta’minlovchi individlar orasidagi erkin urchish xususiyati.

8

Tasodifiy о‘zgarishlar

J

Populyatsiya kattalashib borib, yashash joyi torlik qilib qolganda sichqonlar orasida bir-birini yeb qо‘yish hodisasi.

9

Populyatsiya sonining о‘zgarishi

I

Turning va evolusiyaning boshlang‘ich strukturaviy birligi.

10

Populyatsiya

K

Populyatsiyaning ma’lum vaqt davomida tug‘ilish va о‘lishning miqdori bilan о‘lchanadigan belgisi.

Topshiriqning javobi: 1 – F; 2 – G; 3 – E; 4 – A; 5 – J; 6 – B; 7 – I; 8 – H; 9 – K; 10 – D.



2-ilova.

1 – topshiriq. Quyida berilgan ta’riflar asosida turlarni “Qizil kitob” kategoriyalariga ajrating va tegishli raqamlarni jadvalga yozing.

1. YО‘qolib ketish xavfi ostida, faqat maxsus choralar kо‘rilgandagina asrab qolish mumkin bо‘lgan turlar.

2. Soni hali ancha kо‘p, lekin yildan yilga juda tez kamayib borayotgan turlar.

3. Yaqin yillarda yо‘qolib ketish xavfi tug‘ilishi mumkin bо‘lgan turlar.

4. Noyob turlar, ularning ayni vaqtda yо‘qolib ketish xavfi yо‘q.

5. Bu turlarning soni uncha kо‘p emas yoki ular juda kam hududlarda tarqalgan.

6. Ular muhitning tabiiy yoki antropogen ta’sirlari natijasida о‘zgarishi, yо‘qolib ketishi mumkin.

7. Biologiyasi ham yetarli о‘rganilmagan turlar.

8. Bu turlarning soni va holati bezovtalantirmaydi, lekin ular tо‘g‘risida ma’lumotlar yetarli bо‘lmagani uchun “Qizil kitob”ga kiritiladi.

9. Maxsus choralar kо‘rilishi natijasida qayta tiklangan, endi xavfsiramasa bо‘ladigan turlar.

10. Bu turlarni ovlash mumkin emas va ularning populyatsiyalarini doimo nazorat qilib borishi zarur.


Qizil kitob”ga kiritilgan kategoriyalar

Qizil kitob” kategoriyalari bо‘yicha turlar ta’rifining tartib raqami

I – kategoriya




II – kategoriya




III – kategoriya




IV – kategoriya




V – kategoriya





Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə