Ўзбекистон Республикаси


Biologiya darslarida lokal darajadagi pedagogik texnologiyalardan foydalanish



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə5/17
tarix17.01.2018
ölçüsü1,51 Mb.
#20983
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17

3.2. Biologiya darslarida lokal darajadagi pedagogik texnologiyalardan foydalanish.
3.2.1. Insert

Biologiyani о‘qitishda lokal darajadagi pedagogik texnologiyalardan “Keys”, “Insert”, “Klaster”, Venn diagrammasi, “Aqliy hujum”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Atamalar zanjiri”, “Atamalar varag‘i”, tezkor о‘yinlar va о‘yin mashqlarning turli shakllaridan foydalanish tavsiya etiladi.

Dastur mazmunidagi faqat faktik materiallarni о‘rganish nazarda tutilgan mavzularda insertdan foydalanish tavsiya etiladi.

Insert – lokal darajadagi pedagogik texnologiya bо‘lib, о‘quvchilar tomonidan о‘quv materialidagi asosiy g‘oya va faktik materiallarni anglashiga zamin yaratish maqsadida qо‘llaniladi.

О‘quvchilarni insert yordamida ishlash kо‘nikmalarini rivojlantirish uchun ularga о‘rganiladigan о‘quv materiallari va maxsus jadval tarqatiladi. О‘quvchilar har bir abzatsni о‘rganib chiqib, maxsus jadvalga muayyan simvollar yordamida belgilash tavsiya etiladi.

Agar abzatsda berilgan ma’lumot shu kungacha о‘zlashtirgan bilimlariga mos kelsa, “Bilaman” – V, agar ma’lumotlar tushunarli va yangi bо‘lsa, u holda “Ma’qullayman” +, agar ma’lumotlar о‘quvchilar о‘zlashtirgan bilimlariga mos kelmasa, u holda “О‘rganish lozim”-, о‘quvchilar о‘quv materiallarini о‘zlashtirishda qiyinchilik his etsa, u holda “Tushunmadim” -? belgisini qо‘yadi.

Insertda foydalaniladigan maxsus jadval


Abzatslar №

“Bilaman” – V

“Ma’qullayman” +

“О‘rganish lozim”-

“Tushunmadim” -?

1.













2.













3.













4 va h.k.













Ta’lim-tarbiya jarayonida Insertdan foydalanishda quyidagi talablarga amal qilinishi:

  • О‘quvchilar kichik guruhga ajaratiladi, lekin insert vositasida dastlab har bir о‘quvchi yakka tartibda ishlaydi va jadvalni tо‘ldirishi, guruh a’zolari belgilangan muddatda ishlashni yakunlaganlaridan sо‘ng, fikrlarini taqqoslashi;

  • О‘quv bahsi orqali kichik guruh a’zolarining jadvaldagi belgilarining bir xil bо‘lishini ta’minlash, ya’ni jadvaldagi keyingi ikki ustuni bо‘yicha bir xillikka erishish;

  • О‘qituvchi о‘quv materiali asosida tuzilgan savol-topshiriqlari va kichik guruh a’zolarining jadvaldagi belgilari asosida о‘quv bahsini tashkil etishi lozim.

Insert bilan ishlashning afzallik tomoni avval kichik guruh a’zolari о‘rtasida, sо‘ng kichik guruhlar bilan о‘zaro о‘quv bahsi о‘tkazilishi, bahsda о‘quvchilar tomonidan yо‘l qо‘yilgan kamchiliklarni tо‘ldirish, bilimidagi bо‘shliqlarni tо‘ldirish yuzasidan о‘qituvchi tomonidan berilgan axborot ta’lim samaradorligiga xizmat qiladi.

Insertdan foydalanilgan о‘qituvchining pedagogik faoliyatidagi axborot manbai funksiyasi bir muncha kamayib, о‘quvchilarning bilish faoliyatini boshqarish va nazorat funksiyalari ortadi. Shu sababli, о‘qituvchi bu masalalarni puxta rejalashtirishi va amalga oshirishi lozim.

Biologiyani о‘qitishda о‘quvchilarning о‘zlashtirgan bilimlarini tizimlashtirish, mustahkamligini ta’minlash maqsadida Klasterdan foydalanish muhim о‘rin tutadi.
3.2.2. Klaster

Klaster – cluster - ingliz tilida shajara degan ma’noni anglatadi. Ushbu lokal texnologiya о‘quvchilar tomonidan о‘zlashtirgan va о‘zlashtiradigan g‘oya, nazariya, qonuniyat va tushunchalar о‘rtasidagi bog‘lanishini anglash, bir-biriga uzviyligini tushunishga imkon yaratib tahliliy-tanqidiy fikr yuritish kо‘nikmalarini rivojlantirishga zamin tayyorlaydi.

Klasterni tuzish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:


  • Biologiya kursi mazmunidagi muayyan g‘oya doska yoki qog‘oz о‘rtasiga yoziladi;

  • Ushbu g‘oya bilan bog‘liq qonuniyatlar, tushunchalar bir-biriga bog‘liq holati kо‘rsatkich bilan belgilanadi, sо‘ngra mazkur qonuniyat va tushunchalarning faktik ma’lumotlari grafik tarzda yoziladi va tarmoq hosil qilinadi.

  • Avval о‘rganilgan mavzu va о‘rganiladigan mavzu о‘rtasidagi bog‘lanishlar haqida xulosa chiqariladi.

Klasterdan foydalaniladigan darslarda о‘quvchilar teng sonli kichik guruhlarga ajratilib, ularga о‘quv topshirig‘ining didaktik maqsadi va bajarilish tartibi tushuntirilgandan sо‘ng, ular ajratilgan vaqt ichida fikrlarini jamlab, о‘zlari tuzgan Klasterni himoya qilib, fikrlarini dalillashga imkon yaratilib, eng yaxshi va asosli tuzilgan Klaster aniqlanadi, g‘oliblar rag‘batlantiriladi.

Klaster bitta mavzu yoki bob bо‘yicha yaxlit tuzish о‘quvchilarning tizimli fikr yuritishiga zamin yaratadi. Klasterning asosida asosiy g‘oya yoki tushuncha о‘rin oladi, masalan, genlarning о‘zaro ta’siri bо‘yicha quyidagicha tuziladi:



1

–topshiriq. Genlarning belgilarga ta`sirini guruhlarga ajrating. 1. To`liq dominantlik. 2. KomplementariY. 3. Oraliq irsiylanish. 4. Epistaz.5. PolimeriY. 6. PleyotropiY. 7. Ko`p allellilik.




Bir genning bir belgiga ta`siri



Bir necha genning bir belgiga ta`siri.






Bir genning ko`p belgiga ta`siri.




Kalsterning javobi:

Bir genning bir belgiga ta`siri – 1, 3, 7.

Bir necha genning bir belgiga ta`siri – 2, 4, 5.

Bir genning ko`p belgiga ta`siri – 6.
3.2.3. Venn diagrammasi

Ta’lim-tarbiya jarayonida lokal darajada qо‘llaniladigan texnologiyalardan biri- Venn diagrammasi bо‘lib, uni ishlab chiqqan ingliz olimi Djon Venn nomi bilan yuritiladi.

Venn diagrammasi о‘rganilayotgan mavzudan о‘rin olgan fakt, tushuncha va jarayonlarni tahlil qilish, sintezlash va taqqoslashni talab etadi. Ushbu diagrammadan tabiiy tanlanish va sun’iy tanlash, tabiiy tanlanish, yashash uchun kurash shakllarini tahlil qilish, sintezlash va taqqoslashda foydalanish mumkin. Venn diagrammasi quyidagi kо‘rinishda bо‘lishi tavsiya etiladi.


Табиий танланиш нинг ўзига хос хусусиятлари




Сунъий танлаш нинг ўзига хос хусусиятлари





3.2.4. Keys stadi

Biologiya kursi mazmunidagi muammoli masalalarni о‘qitishda “Keys”dan foydalanish yuqori samara beradi.

“Keys” – case stadies ingliz tilidan olingan bо‘lib, jarayon yoki vaziyat degan ma’noni beradi.

Dastlab bu texnologiyadan biznes va tadbirkorlarni о‘qitishda foydalanilgan bо‘lib, hozirgi paytda о‘qitiladigan fanning mazmunidan kelib chiqqan holda, tirik organizmlarda boradigan jarayonlarning tashqi va ichki, obyektiv va subyektiv omillari yuzasidan muammoli vaziyatlar yaratilib ularni hal etish uchun о‘quv munozaralari tashkil etiladi.

Biologiyani о‘qitishda dastur mazmunidagi evolyusion tushunchalar yetakchilik qilgan, shuningdek munozarali “О‘simliklarning paydo bо‘lishi va rivojlanishi”, “Hayvonot olamining paydo bо‘lishi va rivojlanishi” kabi mavzularni о‘qitishda foydalanish mumkin.

Ta’lim-tarbiya jarayonida Keysdan foydalanish uchun о‘qituvchi:



  • Dastur mazmunidagi muammoli mavzularni aniqlashi, shu mavzularni о‘qitish uchun muammoli savol-topshiriqlar tuzishi;

  • Dars davomida muammoli savol-topshiriqlarning qiyinchilik darajasiga kо‘ra yakka tartibda yoki о‘quvchilarning kichik guruhlarida mustaqil ishlarni tashkil etilishini aniqlashi;

  • О‘quvchilarning bilish faoliyatini mazkur muammolarni hal etish, о‘quv munozaralari orqali muloqotga kiritish yо‘llarini rejalashtirishi;

  • Muammoli savol-topshiriqlar asosida tashkil etilgan о‘quv munozaralarida yakuniy fikrni vujudga keltirishi lozim.

Biologiyani о‘qitishda rasmni izohlashni talab etadigan biologik diktantlar muhim о‘rin tutib, о‘quvchilarda obyektlarni tanish, obyektlar о‘rtasida bog‘lanishlarni aniqlashda ham Keys stadidan foydalanish imkoniyati mavjud.

2 – topshiriq. Rasmga izoh yozing.

1___________________________________________________________________

2____________________________________________________________________

3___________________________________________________________________

4___________________________________________________________________

5___________________________________________________________________

6____________________________________________________________________

7____________________________________________________________________

8___________________________________________________________________

9___________________________________________________________________

10_______________________________________________________________
Biologiya о‘quv dasturidan о‘rin olgan muammoli mavzularni о‘rganishda Keys stadidan foydalanish muhim о‘rin tutadi.

“Biosfera evolyusiyasi. Biogenez, Noogenez, Noosfera” mavzusida Keysni quyidagicha о‘tkazish tavsiya etiladi.

1-topshiriq. Biosferaning noosfera bosqichida biosfera gomeostaz holatining buzilish sabablarini aniqlang. Yuzaga kelgan muammolarni tartib bilan yozing.

1-muammo:_______________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________________________________________________

2-muammo:_______________________________________________________ _____________________________________________________________________________

Muammoning namoyon bо‘lish sabablari: _______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Muammoni hal etish yо‘llari: ______________________________________ __________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Muammoni barataf etish tadbirlarini rasmiylashtirishda tayanch atamalar asosida konspekt tuzing:

1-muammo:

2-muammo:



Muammoning namoyon bо‘lishi:

a) insonning tabiatga salbiy ta’siri


b) parnik effekti

v) texnika progressi

Muammoni hal etish yо‘llari:

1.


2.

3.

4.



2-topshiriq. Biosfera gomeostaz holatining buzilishning oldini olish tadbirlarini belgilang.


Biosfera gomeostaz holatini saqlash tadbirlari

Davlat miqyosida

Aholi tomonidan








3-topshiriq.

Insonning tabiatga kо‘rsatgan salbiy ta’siri yuzasidan fikringizga asoslanib TAKIFMX jadvalini tо‘ldiring.



T tahlil

A afzalligi;

Kkamchiligi;

Iimkoniyatlari;

FM foydalanishdagi muammolar.

X— xulosa

TAKIFMXjadvali

Tahlil


A


K

I

FM


X



О‘quv jarayonini keys texnologiyasi asosida tashkil etish



Ўқув жараёнини кейс технологияси асосида ташкил этиш босқичлари

Ўқитувчининг кириш сўзи. Кейс қоидалари билан таништириш




Ўқувчиларни кичик гуруҳларга ажратиш








Кичик гуруҳ ишини ташкил этиш. Кичик консультантни тайинлаш.




Кичик гуруҳлар томонидан тақдимот тайёрлаш








Кичик гуруҳлар ўртасида ўқув баҳси-мунозарани ташкил этиш.


Ўқитувчининг хулосаси, якунловчи сўзи.








Кичик гуруҳлар ишини баҳолаш Ўқувчиларни рағбатлантириш.


Keys stadi quyidagi bosqich asosida tashkil etiladi:

I – bosqich. О‘qituvchining kirish sо‘zi. Keys qoidalari bilan tanishtirish. О‘quvchi­lardan ­ teng sonli kichik guruhlarni shakllantirish.

II – bosqich. Kichik guruhlarga muayyan jarayonni о‘rganish maqsadida shakllantirilgan muammoli savollardan iborat bо‘lgan о‘quv topshiriqlarini tarqatish va ularni topshi­riq­ning didaktik maqsadi bilan tanishtirish.

III – bosqich. О‘quvchilarning bilish faoliyatini о‘quv muammolarini hal etishga yо‘naltirish.

IV – bosqich. О‘quvchilarning muammoli vaziyatlarni hal etish bо‘yicha axborot­­la­ri­ni tinglash.

V – bosqich. Kichik guruhlar о‘rtasida о‘quv bahsi va munozara о‘tkazish

VI – bosqich. Umumiy xulosa yasash.

“Keys stadi” qо‘llanilganda о‘quvchilar avval о‘zlashtirgan bilimlarini yangi vaziyatlarda qо‘llab, bilimlarini kengaytiradi, chuqurlashtiradi, aqliy faoliyat usullarini egallaydi, shaxs sifatida aqliy rivojlanishi va kasbiy tayyorgarligi ortadi.

О‘quvchilarning bilish faoliyatining bu tarzda tashkil etilishi ularda ijodiy faoliyatni tarkib toptirishga imkon yaratadi.
3.2.5. Atamalar zanjiri
Ta’lim-tarbiya jarayonida о‘quvchilar tomonidan tushuncha va atamalarni mustahkam о‘zlashtirishga zamin tayyorlash muhim о‘rin tutadi, shu sababli о‘qituvchi har bir bob va mavzular mazmunidagi tushuncha va atamalarni “Atamalar zanjiri” tizimiga keltirishi kerak.

“Atamalar zanjiri” bu atamalar va ularning ta’riflari bо‘lib, ulardan о‘qituvchi о‘tgan mavzuni yakunlash, yangi о‘rganilgan mavzu yuzasidan о‘quvchilarning bilimlarini mustahkamlash maqsadida darsning bir qismida foydalanilganligi sababli, lokal texnologiyalar guruhiga kiritish maqsadga muvofiq.

Mazkur texnologiyadan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanishga bir necha usulda yondoshish mumkin.


  • О‘quvchilar kichik guruhlarga ajratilib, guruh a’zolaridan kichik konsultant tayyorlanadi. Kichik konsultant unga berilgan topshiriqdagi atamalar asosida guruh a’zolarini kartochka vositasida baholaydi. Bunda о‘quvchilar aytilgan atamalarning izohini aytishi yoki izohga qarab atamani aniqlashi mumkin. Har bir tо‘g‘ri javob uchun kartochka berilganligi sababli, kartochkalar soni ularning tо‘plagan balini belgilaydi.

  • О‘quvchilarga bob va mavzular mazmunidagi tushuncha va atamalar rо‘yxati beriladi. Ularning mazmuni va mohiyatiga kо‘ra о‘zaro mantiqiy bog‘langan zanjir Klaster holiga keltirish talab etiladi. Ushbu yondoshuv kо‘p vaqtni talab etsa-da samaradorligi yuqori bо‘lib, о‘quvchilarning mantiqiy fikr yuritish kо‘nikmalarini rivojlantirish imkonini beradi.

  • “Atamalar zanjiri”dan о‘tgan mavzuni yakunlash qismida foydalanilganda о‘quvchilarning kichik guruh a’zolaridan og‘zaki holda atamalarni ketma-ket avvalgilarni takrorlagan holda mazmuni va mohiyatiga kо‘ra о‘zaro bog‘liq holda yangi atama qо‘shishi talab etiladi. Guruhning birinchi ishtirokchisi bitta atama bilan boshlagan о‘yin yakunida guruh a’zolari soniga teng atamalar zanjiri vujudga keladi. Ikkinchi bosqichda mazkur atamalarga ta’rif berish va ularni izohlash talab etadi.

Yangi mavzu yuzasidan o`quvchilar bilimini nazorat qilish va baholash uchun topshiriqlar.



1 – topshiriq. Atamalar raqamini ularning ta`rifi bilan juftlang.


1

Plazmid


A

Asosiy xromasomaga birika olmaydigan va asosiy xromasomadan mustaqil ravishta o’z-o’zidan replikatsiya qiladigan halqasimon DNK molekulalari.

2

Transmissibl plazmid

B

DNK zanjirining kesuvchi fermentlar.(Restriktaza)

3

Avtonom plazmidlar

D

Xromosomadan tashqarida joylashgan o’z-o’zini replikatsiya qila oladigan halqali DNK molekulasi

4

Endonukleaza


E

i-RNK matritsa vositasida o’z nusxasini sintezlab,genomning boshqa joyiga ko’chib o’tadigan virussimon DNK molekulasi.

5

Retrotranspozon


F

Bitta hujayradan hosil bo`lgan, irsiy jihatdan o`xshash hujayralar koloniyasi.

6

Transpozon

H

Molekulalarning elektr maydonida joylashtirilgan maxsus gel ichida kattaligiga ko`ra ajratish usuli.

7

Restriktaza

G

DNK molekulasini maxsus nukleotidlar izchilligiga ko`ra bo`laklarga bo`luvchi ferment.

8

Klon

J

Hujayra xromosomalari tarkibiga rekombinatsiyalana oladigan plasmid.

9

Transpozaza

I

Genomdan o`zini qirqib genomning boshqa joyiga ko`chib o`tadigan genetik tuzilma.

10

Elektroforez

K

Transpozonlarning ko`chib yurishini ta`minlovchi ferment.

Topshiriqning javobi: 1 – D; 2 – J; 3 – A; 4 – B; 5 – E; 6 – I; 7 – G; 8 – F; 9 – K; 10 – H.

Biologiyani о‘qitishda tezkor о‘yinlar va о‘yin mashqlardan ham foydalanish muhim о‘rin tutadi.

3.2.6. Biologik diktant
Biologik diktant о‘quvchilarning о‘zlashtirgan nazariy bilimlarini yangi kutilmagan vaziyatlarda qо‘llashga imkoni yaratib, о‘quvchilar bilimidagi tipik xatoliklarni aniqlash imkonini beradi.

Shu sababli biologiyani о‘qitishda о‘quvchilarning bilimini nazorat qilish va baholashda biologik diktantlardan foydalanish tavsiya etiladi.

Masalan, “Genetik injeneriya haqida tushuncha.Irsiyatning moddiy asoslarini о‘rganish tarixi” mavzusida quyidagi biologik diktantdan foydalanish maqsadga muvofiq.

Biologik diktantning birinchi turida о‘quvchilardan nuqtalar о‘rniga mos keluvchi tushunchalarni qо‘yish tavsiya etiladi.



O`tgan mavzu yuzasidan o`quvchilar bilimlarini nazorat qilish va baholash uchun topshiriqlar

1 – topshiriq. Biologik diktant.

1. Organizmlarning irsiyat,irsiylanish va o’zgaruvchanlik qonunyatlarini o’rganadigan fan - …

2. Gomologik bo’lmagan xromosomalarda joylashgan bo’lib bir necha belgining mustaqil irsiylanishi va alternativ namoyon bo’lishini ta’min etuvchi genlar - …

3. Gomologik xromosomolarning bir xil qismida joylashganbo’lib bitta belgining keskin farq qiluvchi-alternativ holatda rivojlanishi ta’min eyuvchi dominant va retsetsiv shaklda bo’ladigan genlar - …

4. Organizm miqdoriy belgilarining irsiylanishi va rivojlanishi darajasini belgilovchi,bir xil funksiyasi kuchiga ega bo’lgan noallel genlar - …

5. Genlarning epistatik ta'siri natijasida patlari oq rangdagi tovuq zotlarini o'zaro chatishtirilganda F2 da fenotip va genotip jihatidan ajralish nisbati - …

6. Kumulyativ polimeriyada fenotip bo'yicha ajralish nisbati - …

7. O`simliklardagi xromosomalar sonining karra ortishi - …

8. Belgilarning xilma-xillik darajasi yoki o’zgaruvchanlik chegaralari  - …

9. Genetik materialning irsiy o’zgarishi - …

10. Bir gen doirasidagi bitta yoki bir nechta nukleotidlarning o’zgarishi yoki almashinishi bilan bog’liq mutatsiyalar - …

Biologik diktant javoblari : 1. Genetika. 2. Noallel genlar. 3. Allel genlar.

4. Polimer genlar. 5. 13 : 3; 1:2:1:2:4:2:1:2:1. 6. 1:4:6:4:1. 7. PoliploydiY.

8. Reaksiya normasi. 9. MutatsiY. 10. Nuqtali mutatasiY.

Biologik diktantning ikkinchi turida о‘quvchilardan ta’rifga mos keluvchi tushunchalarni qо‘yish tavsiya etiladi.



Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə