Ўзбекистон Республикаси



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə6/17
tarix17.01.2018
ölçüsü1,51 Mb.
#20983
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17

1 – topshiriq. Biologik diktant.

1. Biotik munosabatlarning qaysi kо‘rinishida birga yashaydigan organizmlar bir-biriga hech qanday ta’sir kо‘rsatmaydi? _______________________________________________________

2. Biotik munosabatlarning qaysi kо‘rinishida birga yashaydigan ikki organizmlarning bittasi yoki ikkalasi ham salbiy ta’sir ostida bо‘lishadi? __________________________________________

3. Biotik munosabatlarning qaysi kо‘rinishida bunda ikki organizmlarning har ikkalasi yoki bittasi birga yashashdan о‘ziga foyda oladi? _________________________________________________

4. Biotik munosabatlarning qaysi kо‘rinishida bir organizm ikkinchi organizmdan yashash muhiti va ovqat manbayi sifatida foydalanadi? _______________________________________________

5. О‘simliklar zamburug‘lar yoki bakteriyalar bilan zararlanganda ularga qarshi ishlab chiquvchi antibiotik. ______________________________________________________________________

6. Biotik munosabatlarning bu kо‘rinishida bunda bir organizm о‘z о‘ljasiga hujum qilib, undan ovqat manbayi sifatida foydalanadi, bu munosabat kо‘pincha о‘ljaning о‘limi bilan tugaydi. ______________________________________________________________________

7. Simbioz munosabatlarning turlari. _________________________________________________

8. О‘zaro biologik bog‘lanishning bir shakli bо‘lib, bunda birga yashash har ikkala organizmga ham foyda keltiradi. ______________________________________________________________

9. О‘zaro munosabatdan bir organizm ikkinchisidan uy – joy sifatida foydalanadi, ikkinchisi bunday munosabatdan hech qanday naf kо‘rmaydi. _____________________________________

10. Bunday о‘zaro munosabatda bir organizm ikkinchisidan asosan ovqat manbayi sifatida foydalanadi, lekin hech qanday zarar yetkazaymaydi. ____________________________________

Biologik diktant javoblari: 1. Neytralizm. 2. Antibioz. 3. Simbioz. 4. Parazitizim. 5. Fitoaleksin. 6. Yirtqichlik. 7. Mutualizm, hamsoyalik, kommensalizm. 8. Mutualizm. 9. Hamsoyalik. 10. Kommensalizm.

Lokal darajadagi pedagogik texnologiyalar darsning muayyan qismida о‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirib, ta’lim samaradorligini orttirishga xizmat qiladi.

Quyida shu texnologiyalarga asoslangan kasbga yо‘naltirib о‘qitish imkonini beradigan dars ishlangmalaridan namunalar berilmoqda.
3.3. Biologiya darslarida ta’lim sohalariga kasbiy yо‘naltirish jarayonida pedagogik texnologiyalarga asoslangan dars ishlanmalari
II.1.TA’LIM, GUMANITAR SOHASIDA KASBGA YО‘NALTIRIB О‘QITISH YUZASIDAN TAVSIYALAR
28 – dars. Dars mavzusi: Antropogenezni harakatlantiruvchi omillar.

Odamning paydo bо‘lishida biologik va ijtimoiy omillarning roli va odam irqlari tо‘g‘risida seminar dars
Darsning ta’limiy maqsadi: о‘quvchilarni odamning paydo bо‘lishida biologik va ijtimoiy omillarning roli va odam irqlari bilan tanishtirish.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: о‘quvchilarni odamning paydo bо‘lishida biologik va ijtimoiy omillarning roli va odam irqlari bilan tanishtirish orqali ularning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, ekologik tarbiya berish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: о‘quvchilarning odamning paydo bо‘lishida biologik va ijtimoiy omillarning roli va odam irqlari haqidagi bilimlari, kuzatish, darslik ustida mustaqil ishlash kо‘nikmalarini rivojlantirish.

Darsni jihozlash: biosferada uglerod, azotning davriy aylanishi aks etgan jadvallar.

Darsda foydalaniladigan texnologiya: hamkorlikda о‘qitish texnologiyasi (“arra” metodi)

Asosiy tushunchalar va tayanch bilimlar: biosferada modda va energiya almashinuvi, atomlarning biogen migratsiyasi, uglerodning davriy aylanishi, azotning davriy aylanishi;

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism. О‘quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtirish

II. О‘tgan mavzu yuzasidan о‘quvchilar bilimini biodiktant yordamida aniqlash va baholash.(1 – ilova)

III. О‘quvchilar faoliyatini о‘quv topshiriqlarini bajarishga yllash.

IY. Yangi mavzuni о‘rganish:

a) mavzu bо‘yicha belgilangan о‘quv topshiriqlarini “mutaxassislar” tomonidan sifatli bajarishga erishish;

Mazkur mavzu matni mantiqiy tugallangan fikrli quyidagi qismlarga ajratiladi:

1. Odamning paydo bо‘lishida biologik omillarning roli

2. Odamning paydo bо‘lishida ijtimoiy omillarning rolini о‘rganish.

3. Odam irqlari.

4. Odamning biologik va ijtimoiy tabiati

5. Jamiyatning tarixiy rivojlanishi jarayonida odam ijtimoiy jihatdan shakllanishida og‘zaki va yozma nutqning ahamiyati


Shu qismlar bо‘yicha о‘quv topshiriqlari tuziladi.

b) “mutaxassislar” uchrashuvi guruhini tashkil etish va mazkur guruhlarda О‘quv materialining Yaxlit holda qayta ishlab chiqilishini amalga oshirish.

Y. Yangi mavzu yuzasidan о‘quvchilar о‘rtasida savol-javob, о‘quv bahsi uyushtirish.

YI. О‘quvchilar bilimini quyidagi topshiriqlar yordamida aniqlash. (2 –ilova)

YII. Erishilgan natijani tahlil qilish va yakun yasash.

YIII. Darsni umumiy yakunlash.Uyga vazifa berish. Mustaqil ravishda 28-§ matnini о‘qing. Darslikning 206 – betidagi savollarga javob bering. Test topshiriqlaridan tо‘g‘ri javobni aniqlang.



1-guruh uchun о‘quv topshiriqlari

Topshiriqning didaktik maqsadi: Odamning paydo bо‘lishida biologik omillarning rolini о‘rganish.



О‘quvchilar о‘zlashtirishi lozim bо‘lgan materiallar yuzasidan о‘quv topshiriqlari

Topshiriqni bajarish yuzasidan kо‘rsatmalar

1.

2.


3.
4.
5.

Darslikdagi matnni diqqat bilan о‘qib chiqib, quyidagi savollarga javob toping va topshiriqlarni bajaring:

Antropogenezni harakatlantiruvchi kuchlarini aytib bering.

Odamning rivojlanishidagi biologik omillar deganda nimalarni tushunasiz?

Tabiiy tanlanish - antropogenezni harakatlantiruvchi kuchi ekanligini isbotlang.

Yashash uchun kurash - antropogenezni harakatlantiruvchi kuchi ekanligini isbotlang.

Irsiyat va о‘zgaruvchanlik - antropogenezni harakatlantiruvchi kuchi ekanligini isbotlang.



О‘quv chilar guruhi bilan hamkorlikda ishlang

о‘quvchilar bilan о‘tkaziladi gan savol javobda faol ishtirok eting.




2-guruh uchun о‘quv topshiriqlari

Topshiriqning didaktik maqsadi: Odamning paydo bо‘lishida ijtimoiy omillarning rolini о‘rganish.



О‘quvchilar о‘zlashtirishi lozim bо‘lgan о‘quv materiallari yuzasidan topshiriqlar

Topshiriq yuzasidan kо‘rsatma

1.

2.


3.

4.


Darslikdagi matnni diqqat bilan о‘qib quyi-dagi savollarga javob toping va topshiriqlarni bajaring:

Ijtimoiy omillarga nimalar kiradi?

Odamsimon maymunlarning tik yurishga о‘tishi munosabati bilan ularning tanasida qanday о‘zgarishlar sodir bо‘ldi?

Odamning qadimgi ajdodlarining jamoa bо‘lib yashashlari va kо‘proq gо‘shtli ovqatlarni iste’mol qilishga о‘tishlari ularning hayotida va jismoniy rivojlanishida qanday о‘zgarishlarga olib keldi?

Nutq, tafakkur qazilma holdagi odamlarning qaysi birida yaxshi rivojlangan?


О‘quvchilar guruhi bilan hamkorlikda ishlang



3-guruh uchun о‘quv topshiriqlari

Topshiriqning didaktik maqsadi: Odam irqlarini о‘rganish.



О‘quvchilar о‘zlashtirishi lozim bо‘lgan о‘quv materiallari yuzasidan topshiriqlar

Topshiriq yuzasidan kо‘rsatma

1.

2.



3.

4.


Darslikdagi matnni diqqat bilan о‘qib quyidagi savollarga javob toping va topshiriqlarni bajaring:

Odamning har xil irqlari paydo bо‘lishiga sabab nima?

Odam irqlarining bir-biridan farqini ayting?

Barcha irqlarning bitta turga mansubligiga asos nima?

Odamlarning irqlar va millatlarga bо‘linishida ijtimoiy omil qanday ta’sir etadi?


О‘quvchilar guruhi bilan hamkorlikda ishlang



4-guruh uchun о‘quv topshiriqlari

Topshiriqning didaktik maqsadi: Odamning biologik va ijtimoiy tabiatini о‘rganish.



О‘quvchilar о‘zlashtirishi lozim bо‘lgan о‘quv materiallari yuzasidan topshiriqlar

Topshiriq yuzasidan kо‘rsatma

1.
2.

3.
4.


Darslikdagi matnni diqqat bilan о‘qib quyidagi savollarga javob toping va topshiriqlarni bajaring:

Hozirgi zamon odamlari biologik belgilariga asoslangan holda qanday guruhlarga bо‘linadi?

Jamiyatning tarixiy rivojlanishi jarayonida odam ijtimoiy jihatdan shakllanishida og‘zaki va yozma nutqning qanday ahamiyati bor?

Odam ham biologik ham ijtiomoiy mavjudot ekanligini isbotlang.

Nima sababdan ijtimoiy omil inson rivojlanishidani biologik qonuniyatlar ta’sirini susaytirgan?


О‘quvchilar guruhi bilan hamkorlikda ishlang


Odamning paydo bо‘lishida biologik va ijtimoiy omillarning roli va odam irqlari tо‘g‘risida” seminar darsining hamkorlikda о‘qitish texnologiyasi “arra” metodidan foydalanilgan darsning texnologik xaritasi

TEXNOLOGIK BOSQICHLAR

О‘QITUVCHINING FAOLIYATI

О‘QUVCHINING FAOLIYATI

I bosqich

Tashkiliy qism.

3-minut.


О‘quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtiradi.

Dars mavzusi, maqsadi, borishi va unda bajari­ladigan topshiriqlarni

anglaydi.



II bosqich

О‘tgan mavzu yuza-si­dan о‘quv chilar-ning bilimla­ri­ni nazorat qi­lish va baholash. 10-minut.



1 - ilovadagi о‘tgan mavzu yuzasidan tuzilgan test topshiriqlari yordamida о‘quvchilarning bilimlarini nazorat qiladi va baholaydi

1 - ilovadagi о‘tgan mavzu yuzasidan tuzilgan test topshiriq­la­rini bajaradi.



III bosqich

О‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish.

2-minut.


О‘quv topshiriqlarining didaktik maqsadi, bajariladigan о‘quv topshiriqlari bilan tanishtiradi.


О‘quv topshiriqlarining didaktik maqsadi, bajariladigan о‘quv topshiriqlari yuzasidan kо‘rsatmalarni anglaydi.

О‘z о‘quv faoliyatini tashkil etadi.



IV bosqich

Yangi mavzuni о‘rganish.

35-minut.


О‘quvchilardan “mutaxas­sislar” tayyorlash guruhlarini va ularning mustaqil ishini tashkil etadi.

О‘quv dasturidan о‘rin olgan topshiriqlarini mustaqil о‘zlashtirilishini ta’minlaydi.

“Mutaxassislar” uchrashuvi guruhini tashkil etadi. Har bir guruhda о‘quv materiali yaxlit holda ishlab chiqili­shini amalga oshiradi. Tegishli hollarda yordam uyushtiradi.


“Mutaxassis” guruhi topshiriqlarini bajaradi.

1-guruh. Odamning paydo bо‘lishida biologik omillarning roli.

2-guruh. Odamning paydo bо‘lishida ijtimoiy omillarning rolini о‘rganish.

3-guruh. Odam irqlari.



4 – guruh. Odamning biologik va ijtimoiy tabiati.

“Mutaxassislar” uchrashuvi guruhida о‘zi о‘zlashtirgan qismni bayon etib guruhda о‘quv materiali yaxlit holda ishlab chiqilishida ishtirok etadi.



V bosqich. Yangi mavzu yuzasidan о‘quvchilar о‘rtasida о‘quv bahsi uyushtirish.15 minut.

Yangi mavzu yuzasidan о‘quvchilar о‘rtasida savol-javob, о‘quv bahsi uyushtiradi.

Yangi mavzu yuzasidan savol-javob, о‘quv bahsida ishtirok etadi.

VI bosqich

О‘quvchilar bilimini nazorat qilish va baholash. 10-minut.



О‘rganilgan mavzu yuzasidan 2 - ilovadagi test topshiriqlari, savol­lar va didaktik jadvallar beradi.

2 - ilovadagi test topshiriqlarini ba­ja­ra­di, savollarga javob topadi va jadvallarni tо‘ldiradi.

VII bosqich

Erishilgan natijani tahlil qilish va yakun yasash. 3-minut.



О‘quvchilar faoliyatini va natijani tahlil qiladi, о‘quvchilarga mustaqil va ijodiy ish topshiriqlarini beradi.

О‘z о‘quv faoliyati va erishgan natijasini tahlil qiladi va baholaydi. Mustaqil va ijo­diy ish topshiriqlarini oladi.

VIII. Uyga vazifa berish. 2-minut.

О‘quvchilarga uyda mustaqil bajarish uchun topshiriqlar beradi.

Uyda mustaqil bajarish uchun topshiriqlar oladi.

1 –ilova.

1 – topshiriq. Biologik diktant matni:

1. Suyak qoldiqlari XX asrning 20-30-yillarida Keniyaning Rudolf kо‘li atrofidan topilgan odamning qadimgi ajdodlari.

2. Ular miyasining hajmi, tana tuzilishi hozirgi zamon odamlarining tana tuzilishidan deyarlik farq qilmagan.

3. Tashqi tuzilishi jihatidan pitekantroplarga о‘xshash bо‘lib, ular juda faol hayot kechirganlar, chaqqon ovchi bо‘lganlar.

4. 1980-yilda Janubiy Farg‘onadagi Selengur g‘oridan topilgan tosh qurollar ushbu mintaqada ibtidoiy odamlar yashagan degan xulosaga olib keladi.

5. Ular «uquvli odam» deb atalgan.

6. 1927—1937-yillarda Xitoyda topilgan odam ajdodlari.

7. О‘zbekistonda Surxondaryo viloyatining Teshik tosh g‘oridan ham topilgan odam ajdodlari.

8. Bu odamlarning bо‘yi 180 sm gacha bо‘lib, peshonalari keng, bosh miyasining hajmi 1800 sm3 gacha bо‘lgan.

9. Sovuq sharoit ularga kiyimdan foydalanish zaruratini tug‘dirgan. Ular о‘zlari uchun kiyimlarni hayvonlarning terisidan tayyorlaganlar.

10. О‘rmon-dasht, ochiq yerlarda yashaganlar hamda asosan gо‘sht bilan ovqatlangan odamning qadimgi ajdodlari.
Biologik diktant javobi:1) avstralopitek; 2) kromanon; 3) sinantroplar; 4) pitekantrop; 5)avstralopitek; 6) sinantroplar; 7) neandertal; 8) kromanon; 9) neandertal; 10) avstralopitek.
2 – ilova.

1 – topshiriq. Antropogenezni harakatlantiruvchi biologik va ijtimoiy omillarni taqqoslang. (Keys stadi)


Biologik omillar:


Biologik omillarning antropogenezdagi ahamiyati



Ijtimoiy omillar:


Ijtimoiy omillarning antropogenezdagi ahamiyati




2 – topshiriq. “Odam evolyusiyasining asosiy ynalishlari” jadvalini tо‘ldiring. (Keys stadi)

Odam evolyusiyasi

ynalishlari



Vakillari

Qoldiqlari topilgan joy

va yili


Tuzilishidagi progressiv belgilari

Yashash tarzidagi progressiv belgilari

Odamning boshlang‘ich

ajdodlari



Avstralopiteklar








Eng qadimgi

odamlar – arxantroplar.



Pitekantroplar








Sinantroplar








Qadimgi odamlar –

paleontroplar



Neandertal










Dastlabki hozirgi zamon qiyofasidagi odamlar – neoantroplar

Kroman’on










Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə